Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
янв.21
Deputat infrastrukturalıq joybarlardıń ámelge asırılıw barısı menen tanıstı
янв.21
Deputat sorawı jiberildi
Uzun tumanida olib borilgan o'rganishlar "Chinor" mahallasida davom ettirildi

Uzun tumanida olib borilgan o'rganishlar "Chinor" mahallasida davom ettirildi

50-Chinor saylov okrugi deputati Raxmon Muxamadiyev okrugiga qarashli Uzun tumanining "Chinor" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri olib borildi.

Mazkur jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Sherpo'lat Boyqulov, tuman Kengashi deputatlari, hamda mahalla mas'ullari ishtirok etdi.

Mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholini 24 ta tavsiya asosida toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, xususan, “Chinor” mahallasida mavjud suv qudug‘idan 500 metr masofaga ichimlik suvi tarmog‘i tortilgani hamda aholi xonadonlarining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanayotgani ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholi ariqlarini betonlash orqali tomorqa yerlariga suv yetkazib berish, piyodalar yo‘lakchasi qurish va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsadida subsidiyalar ajratish orqali uzumchilikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishildi.