Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
Deputatlar va ekspertlar hududlarda: Navbatdagi manzil — “Kichik Jonchekka” MFY

Deputatlar va ekspertlar hududlarda: Navbatdagi manzil — “Kichik Jonchekka” MFY

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining bo‘lajak sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni xolis va atroflicha o‘rganish maqsadida joylardagi amaliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Prezidentimizning PF-209-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, xususan, mahallalar budjetini mustahkamlash borasidagi navbatdagi ishchi o‘rganish tuman Kengashi deputatlari va soha ekspertlari tomonidan “Kichik Jonchekka” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.

💰 Mahalladagi 10 foizlik soliq tushumlari ko‘zdan kechirildi
Ishchi guruh “Kichik Jonchekka” MFY hududidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari hamda 10 foizlik soliq tushumlarining amaldagi holatini atroflicha tahlil qildi.

Eslatib o‘tamiz: Mazkur tizim mahalla hududidan yig‘iladigan soliq tushumlarining muayyan qismini bevosita shu mahallaning o‘zida qoldirish orqali, hududdagi dolzarb ijtimoiy-infratuzilma masalalarini yuqori tashkilotlar aralashuvisiz, tezkor hal etish imkonini beradi.

📋 Xulosalar sessiyaga taqdim etiladi
“Kichik Jonchekka” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganish davomida aniqlangan ichki zaxiralar, mavjud muammolar va mahalla faollari tomonidan bildirilgan takliflar qayd etib borildi.

Jamlangan barcha tahliliy ma’lumotlar xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.