Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálleler qatarına Erkindarya awıl puqaralar jıyını da qosıldı
янв.21
Deputat Aspantay awıl puqaralar jıyınında boldı
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar «Aqeden» awılında boldı
янв.21
Deputatlıq jekke qabıllawı ótkerildi.
янв.21
Deputat óz aymaǵında
янв.21
Deputatlardıń saylawshılarǵa esap beriw rejeleri dodalandı
янв.21
Xalıqtıń mútájligi - deputat itibarında
янв.21
Bozataw rayonı Abadanlastırıw basqarmasında úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
«Máhálle jettiligi» sisteması boyınsha alıp barılıp atırǵan jumıslar úyrenildi
Deputatlar va ekspertlar joylarda: PF-209-sonli farmon ijrosi Uzun tumanida o‘rganilmoqda

Deputatlar va ekspertlar joylarda: PF-209-sonli farmon ijrosi Uzun tumanida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan muhim masala yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Ishchi guruh a’zolari qog‘ozdagi hisobotlar bilan cheklanib qolmay, masalani tubdan va xolis o‘rganish uchun bevosita joylarga chiqishmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, tuman budjetini shakllantirish hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi ishchi guruhi va soha ekspertlari “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘inida (MFY) bo‘lishdi.

Ishchi guruh tomonidan “Yangi hayot” MFYda farmon talablaridan kelib chiqib, 10 foizlik soliq tushumlarining shakllanishi va yo‘naltirilishi holati batafsil tahlil qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan raqamlar, mavjud imkoniyatlar va kamchiliklar ekspertlar bilan birgalikda muhokama qilindi.

Joyida o‘rganilgan ushbu tahliliy ma’lumotlar va tegishli xulosalar xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlar e’tiboriga havola etiladi va unda yakuniy qaror qabul qilinadi.

Slide 1 of 1