Yangiliklar

Kengash  faoliyatidan

Kengash  faoliyatidan

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi M. Tangriberganov hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi boshlig‘i B. Jumaniyozov hamkorligida
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining joylarda ijro etilishi va uning amaliy natijalari o‘rganildi. O‘rganishlar davomida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahallalarning jamiyat hayotidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish, shuningdek, qonun talablarining to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur jarayon hududlarda demokratik boshqaruv tamoyillarini mustahkamlash va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.                                                             

Slide 1 of 1