Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KENGASH RAISI MAHALLADA

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, mahallada 3 kilometr asfaltlashtirish va 5,5 kilometr masofaga shag‘al yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish hamda aholini to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar davom ettirilmoqda.

O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratilib, infratuzilma loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5