Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT QONUN LOYIHASI MUHOKAMASIDA ISHTIROK ETDI.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida mamlakatimiz investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xalqaro kapitalni jalb qilish hamda zamonaviy moliya infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan — “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokama qilindi.Mazkur muhokamada Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Usipxodjayev Yerlan Ormanovich ham ishtirok etib, qonun loyihasining mazmun-mohiyati, uning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni hamda hududlarda investitsion jozibadorlikni oshirishdagi ahamiyati yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.Qonun loyihasining keng jamoatchilik va mutaxassislar ishtirokida muhokama qilinishi qonunchilik ijodkorligi jarayonining ochiqligi va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.  

Slide 1 of 2