✅Mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligi, xotin-qizlar oilaviy turmush sharoitiga e’tibor, shuningdek muammolarga yechim topish borasidagi ishlar o‘rganuv muhokama markazida bo‘ldi.
✅Deputat tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔹Deputat o‘rganuvida xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov va O‘zXDP tuman Kengashi raisi Zamiraxon Darvisheva ishtirok etdi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi