“Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun
Mazkur Qonun keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
Qonunda ijtimoiy xizmatlarning qonuniylik, insonparvarlik, inson huquqlariga rioya etish, ixtiyoriylik va individual yondashuv kabi asosiy prinsiplari mustahkamlangan.
Shuningdek, fuqarolarga:
♾ ijtimoiy maslahat va kuzatuv xizmatlari;
♾ uyda parvarishlash;
♾ kunduzgi va qisqa muddatli muassasalarda xizmat ko‘rsatish;
♾ internat muassasalarida parvarish va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatish nazarda tutilgan.
Qonunning asosiy maqsadi — aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yaxshilash hamda jamiyat hayotida faol va munosib ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
🫥 Inson qadri, e’tibor va g‘amxo‘rlik — kuchli ijtimoiy siyosatning muhim mezonidir.