Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N.Ruziyeva bilan birgalikda Xalqabod MFY hududida joylashgan Xalqabod oilaviy shifokorlik punktida aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bepul berilishi belgilangan dori vositalarining mavjudligi, ularni saqlash va aholiga yetkazib berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda dori-darmon ta’minotini yanada yaxshilash borasidagi ishlar doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 8