Aholi uchun qulay infratuzilma yaratish yo‘lidagi amaliy o‘rganish
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda 14-Surxon saylov okrugi deputati J.Taxchiyeva Termiz MFY hududida o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati, shuningdek, savdo shoxobchalari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Termiz tumani Obodonlashtirish boshqarmasi vakili ishtirokida hududdagi ichki ko‘chalar toshlash ishlari yakunlanib, asfalt qoplamasi yotqizish uchun tayyor holatga keltirilgani ta’kidlandi. Shuningdek, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilinib, mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.