Deputatlik so‘rovi yuborildi:
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori hamda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining VII-18-68-8-117-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
Mazkur so‘rovda “Nurli diyor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro xonadonida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari, jumladan devor va tom qismlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshiklar hamda quyosh panellari yoki geliokollektorlar o‘rnatish ishlari bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar, bajarilgan ishlar hajmi va ularning bugungi kundagi holati haqida batafsil ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.