Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari doirasida o‘rnatilayotgan suv lotoklarini o‘rnatish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida deputat tomonidan loyihaning amalga oshirilish holati, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Deputat qurilish ishlarini olib borayotgan mutaxassislar va mahalla faollari bilan muloqot qilib, aholining fikr va takliflari bilan ham qiziqdi. Suhbat davomida mahallada infratuzilmani yanada rivojlantirish, ichki ko‘chalarni obodonlashtirish va aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.