Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud holat, fuqarolarning murojaatlari, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning qulayligi va samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Deputat tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tegishli tartibda o‘rganilib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Bunday ochiq muloqotlar aholining kundalik hayotiga daxldor masalalarni joyida o‘rganish, muammolarga amaliy yechim topish hamda mahalla va deputat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.