Yangiliklar

DEPUTATLAR MAHORATLI MUSAVVIR IJODI BILAN YAKINDAN TANISHDILAR

           Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Sh. Hayitoxunov, I. Jo‘rayev hamda viloyat Kengashi deputati, qirg‘iz milliy madaniy markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari O. Nosirovlar Jalaquduqlik usta rassom-o‘qituvchi O‘razov Rustamjon Faprovichning ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Deputatlar usta rassom “Yangi Andijon – Bobur shahri” hududida tashkil etilgan ijodiy ko‘rik-tanlovda ishtirok etayotgan manzilga tashrif buyurdilar. Mazkur ijodiy maydonda mamlakatimiz hamda qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan ko‘plab rassomlar o‘zaro ijodiy bellashuv olib bormoqda. O‘razov Rustamjon Faprovichning ijodiy
pavilyonida Jalaquduq tumaniga xos “Yetti go‘zal” portretlari hamda boshqa badiiy asarlar namoyish etildi. Uning asarlari rang-barangligi, mazmunan boyligi va yuksak badiiy mahorati bilan ishtirokchilar e’tiborini tortdi. Tajribali san’at ustasi tuman, viloyat va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib, bir qator faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Shuningdek, O‘razov Rustamjon Faprovich
tasviriy san’at sohasida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga san’at sir-asrorlarini o‘rgatish va shogirdlar tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Uning sa’y-harakatlari natijasida ko‘plab yoshlar tasviriy san’at yo‘nalishida o‘z qobiliyatlarini rivojlantirmoqda.Tashrif davomida deputatlar ijodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishib, usta rassom faoliyatiga yuksak baho berdilar. 

   

Slide 1 of 5