Yangiliklar

Mahalliy Kengash deputatlari, tuman hokimi U.Barnoyev, M.Atoyeva, Sh.Musayeva 1-son maktabda o'tkazilgan so'ngi qo'ng'iroq tantanalarida ishtirok etdi.

1746 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan, ularning 113 nafari bitiruvchilar bo‘lgan tumanimizdagi 1-maktabda o‘tkazilgan" So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu maktabning 67 nafari turli darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. 9 nafari muddatidan oldin talaba bo‘lish baxtiga ega bo‘lgan. Kimyo fanidan Amira Behbudova, huquq fanidan Hafiz Xalilov, Mironshoh Rahmonovlar fan olimpiadalari tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan. "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tantanalarida qobiliyatli bitiruvchilar va ularning ustozlariga Faxriy yorliqlar topshirildi. Maktab badiiy havaskorlar to‘garagi ishtirokchilari ijrosidagi qo‘shiq va raqslar barchaga manzur bo‘ldi.

Slide 1 of 1