Yangiliklar

2026-yil 25-may kuni Oltinsoy tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Davlat rahbarining tabrigida yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallash, yurt ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlariga oid ezgu tilak va tavsiyalar o‘z ifodasini topdi.

Tadbir yakunida bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘llarida ulkan zafarlar, yuksak marralar hamda omad tilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 10