Yangiliklar

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi:

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🗓 25-may, dushanba kuni Muqaddas Qurbon hayiti bayrami arafasida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Samandar Ismailov tomonidan “Tepaguzar” MFY nuroniylari va mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🗓 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov tomonidan Olmazor tumani 12-“Gulzor” saylov okrugida joylashgan 16-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etadi.

🗓 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 13-"Gulsaroy" okrugi deputati Dilorom Axmedova va Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi To‘rabek Nazarov ishtirokida hududdagi 20-sonli Oilaviy poliklinikani tantanali ochilish tadbirida ishtirok etadi.

🗓 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdagi yigirma to'qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 26-may, seshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Shomansurov navbatdagi fuqarolar qabuli va joylardagi o‘rganishlarini o‘tkazadi. MFYda “mahalla yettiligi” vakillarining faoliyati 24 ta tavsiya asosida o‘rganilib, hudud aholisi turmush sharoiti, infratuzilma, sanitariya va obodonlik holati hamda mavjud muammolar yuzasidan uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati U.Fayziyeva tomonidan "Qichqiriq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi A.Qodiriy nomli kutubxonada “Yoshlar orasida oilaviy ajrimlarning oldini olish — jamiyat barqarorligi garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 27-may, chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari Muqaddas Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan o‘z saylov okruglarida joylashgan mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etish. ijtimoiy himoyaga muxtoj, boquvchisini yo‘qotgan va nogiron fuqarolar holidan xabar olish ishlarida faol ishtirok etish.

🗓 28-29-may kunlari Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari Muqaddas Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan o‘z saylov okruglarida joylashgan mahallalarda ijtimoiy himoyaga muxtoj, boquvchisini yo‘qotgan va nogiron fuqarolar holidan xabar olish ishlarida faol ishtirok etish.

📌 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 1