Xususan, deputat faoliyatini dastlab “Yangiavlod” mahallasi yettiligi bilan uchrashuvdan boshladi. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimi yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.