Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova "Yoshlik" MFY fuqarolari bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova "Yoshlik" MFY fuqarolari bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova o‘zi saylangan hudud — "Yoshlik" mahalla fuqarolar yig‘ini saylovchilari va aholisi bilan ochiq, samimiy muloqot o‘tkazdi.

📊 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisobot berildi
Uchrashuv avvalida Kengash raisi saylovchilarga 2026-yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari ijrosi hamda mahalliy Kengash tomonidan qabul qilingan muhim qarorlar yuzasidan batafsil axborot berdi.

Dilorom Safarova o‘z nutqida aholi farovonligini oshirish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.