Yangiliklar

Ko‘p qavatli uylar liftlarini holati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi kotibiyat mudiri X.Ibragimova fuqarolarning murojaatlari asosida 4-“Paxtakor” saylov okrugi deputati N.Babayevga biriktirilgan “Paxtakor” mahallasi 15-dahada ko‘p qavatli uylardagi liftlarni ishlashi holatini
o‘rganidi. Mazkur hududdagi ko‘p qavatli uylarda texnik nosozliklar tufayli liftlarni ishlamasligi, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari elektr energiyasini o‘chib turishi ham aholini e’tirozini
keltirib chiqarmoqda. Mahalla raisi M.Muhammedov va BSK rahbariyati bilan ushbu muammoni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 2