Yangiliklar

Aholi bandligi masalasi ko‘rib chiqildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi derutati O‘zXDP a’zosi X.Ibragimova 15-daha hududida aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida ushbu hududda joylashgan tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Suhbat chog‘ida tadbirkor G.Mardanova tomonidan shahar hokimligiga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun bo‘sh bino ajratib berishni so‘rab murojaat etganligi,
shahar hokimligi tomonidan bo‘sh bino ajratib berilishi natijasida ushbu hududdagi 15 nafar xotin-qizlarni bandligini ta’minlaganligini ma’lum qildi. Shuningdek, tadbirkor tomonidan faoliyatini yanada kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish yuzasidan qilingan murojaatga atroflicha tushuntirish va masalahatlar berildi.
   

Slide 1 of 1