🔹Murojaatda mahalladagi Beshumur, Navobod, Chinor va Bahoriston ko‘chalarining jami 1200 metr masofadagi qismini asfaltlash va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish masalasi ko‘tarilgan.
🔹Ushbu ko‘chalarning bugungi kunda ta’mirtalab ahvolda ekanligi aholining kundalik turmushi va transport vositalari harakati uchun jiddiy noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.
🔹Shu sababli, mazkur ob’yektlarni 2026-yilgi ish rejalari yoki tegishli dasturlarga kiritish orqali muammoni bartaraf etish so‘ralgan.
🔹Deputatlik so‘rovi ijrosi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda nazoratga olindi.