🔴Yig‘ilishda tuman Kengashining 2026-yil I-choragiga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi doirasida kotibiyat mudirining deputatlar faoliyati yuzasidan batafsil axboroti tinglandi.
🔴Axborotda tuman Kengashi deputatlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimi namunali yo‘lga qo‘yilganligi hamda xalq bilan muloqot samarali kechayotgani alohida e’tirof etildi.
🔴Xalq vakillarining o‘z saylovchilari oldida muntazam ravishda axborot berib borishlari va qonun ijodkorligi borasidagi faolligi ijobiy baholanib, bu borada o‘rnak bo‘ladigan natijalarga erishilgani qayd etildi.
🔴Yig'ilish yakunida deputatlarning nufuzini yanada oshirish va saylovchilar bilan aloqalarni tizimli davom ettirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar kotibiyat tomonidan yuqori darajada muvofiqlashtirilayotgani ta’kidlandi.