🔴O‘rganishlar davomida soliq sohasida 2026-yilning o‘tgan 3 oyi mobaynida xizmat ko‘rsatishni raqamlashtirish darajasi 95 foizga yetkazilgani va bu orqali inson omili sezilarli darajada kamaytirilgani ijobiy yutuq sifatida e’tirof etildi.
🔴Shuningdek, qishloq xo‘jaligi inspeksiyasida sohaga oid qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan 40 dan ortiq profilaktik tadbirlar natijasida moliyaviy xatoliklar xavfi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 foizga qisqargani tahlil qilindi.
🔴Deputatlar sohadagi erishilgan yutuqlarni tahlil qilish bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda korrupsion xavf-xatarlar hamon saqlanib qolayotganini ko‘rsatib o‘tib, mas’ullar faoliyatini tanqidiy muhokama qildilar.
🔴Xususan, murojaatlar bilan ishlash tizimida aniqlangan 17 ta holatda muddat buzilishiga yo‘l qo‘yilgani va ijro intizomi sustligi yuzasidan mutasaddilarga qat’iy ogohlantirishlar berildi.
🔴Muhokama yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 16 ga yaqin banddan iborat "yo‘l xaritasi" ishlab chiqilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
📎Bu kabi o‘rganishlar davlat idoralari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash va aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.