🏛 Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun ma’qullandi.
🔹 Qonun asosida bir qator muhim yangiliklar joriy etilmoqda:
✅ Kengash raisi o‘rinbosari instituti tashkil etiladi
📌 U bir vaqtning o‘zida Kengash kotibiyati mudiri vazifasini ham bajaradi.
✅ Kengash Rayosati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
📌 Rayosat tarkibiga:
▪️ Kengash rahbariyati
▪️ Doimiy komissiyalar raislari
▪️ Siyosiy partiyalar guruhlari rahbarlari kiradi.
✅ “Kengash soati” instituti joriy etiladi
📌 Ushbu mexanizm deputatlarga aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan mas’ul idoralardan tezkor javob olish imkonini beradi.
💬 Ta’kidlanishicha, mazkur Qonun:
🔹 “Kuchli Kengash — hisobdor hokim” tamoyilini yanada mustahkamlaydi
🔹 Mahalliy Kengashlar nufuzini oshiradi
🔹 Deputatlik nazorati samaradorligini kuchaytiradi
🔹 Hududiy muammolarni hal etish tezligini oshiradi
🔹 Davlat boshqaruvida muvozanat va hisobdorlikni ta’minlaydi
📍 Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF–98-son Farmoni ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.