Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi J.Babajanov tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xamshiralariga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, mavjud holatlar tahlil qilindi.
🔍 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
✅ Tibbiyot xonalarining jihozlanganlik darajasi
✅ Zarur dori-darmon va tibbiy vositalar bilan ta’minlanganligi
✅ Sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi
✅ O‘quvchilar salomatligini nazorat qilish tizimi
✅ Tibbiyot xamshiralarining mehnat faoliyati uchun yaratilgan qulayliklar
🎯 Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktablarda o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda xodimlar uchun munosib sharoitlarni ta’minlashdan iborat.