📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Qorayeva tomonidan Oqoltin tumani “Saxovat” MFY hududidagi mavjud muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
💧Jumladan, deputat tomonidan tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida “Saxovat” MFY Uchtepa ko‘chasi 16-uy yonida joylashgan ichimlik suvi qudug‘idagi quvur nosozligi yuzasidan murojaat ko‘rib chiqilib, mazkur masala ijobiy hal etildi.
🔷Bu kabi amalga oshirilayotgan ishlar hududdagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda fuqarolarga qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.