Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń kishi májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesinde máhálle jetiligi menen ushıralar ótkerildi.
янв.21
“Aqeden” máhállesindegi, awıllıq shıpakerlik punktinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Siyasıy partiyalar menen ashıq sáwbet ótkerildi.
янв.21
Sessiya juwmaǵı
янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń gezektegi 22-sanlı sessiyası ótkerildi
янв.21
Deputat kámbaǵal shańaraqtıń hal jaǵdayınan xabar aldı.
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
Hápte dawamında áhmiyetli wazıypalar belgilenip alındı.
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
DUPUTAT ÚYRENIWI
Tuproqqal’a tumanida iqtisodiy o‘sish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining navbatdagi qarorida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari S.Sultanovning 2026-yil I choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.

Hisobotda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha muhim ko‘rsatkichlar qayd etildi. Jumladan, xizmat ko‘rsatish hajmi 136,9 milliard so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 130,4 foizga yetdi. Mahalliy byudjet daromadlari rejasi 128,3 foizga bajarilib, 19,6 milliard so‘m tushum shakllantirildi.

Bandlikni ta’minlash borasida ham ijobiy natijalarga erishilib, I chorak davomida 491 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi. Tizimli islohotlar natijasida tumandagi ishsizlik darajasi 11,5 foizdan 4,5 foizgacha kamaygani ta’kidlandi.

Shuningdek, “Xorazm shakar” MCHJ faoliyatidagi xomashyo ta’minoti bilan bog‘liq muammolar, eksport ko‘rsatkichlari hamda yirik soliq to‘lovchilar faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Qarorga ko‘ra, kambag‘allik darajasini yil yakuniga qadar 2,1 foizgacha kamaytirish, eksport hajmini oshirish va sanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.15:41


 

Slide 1 of 3