Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyrenıwı.
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń kishi májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesinde máhálle jetiligi menen ushıralar ótkerildi.
янв.21
“Aqeden” máhállesindegi, awıllıq shıpakerlik punktinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Siyasıy partiyalar menen ashıq sáwbet ótkerildi.
янв.21
Sessiya juwmaǵı
янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń gezektegi 22-sanlı sessiyası ótkerildi
янв.21
Deputat kámbaǵal shańaraqtıń hal jaǵdayınan xabar aldı.
Bandlik shtabi faoliyati o‘rganildi

Bandlik shtabi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-sonli qarori ijrosi doirasida Namanagan viloyatida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Namanagan viloyati Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha muvaqqat komissiya raisi I. Ilhomov, Kengash kotibiyati mudiri T. Gapparov, komissiya a’zolari — F. Xusanova, N. Muhamadieva, N. Imamova, Z. Mansurov hamda xalq deputatlari Namanagan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullaev ishtirok etib, mas’ul tashkilot rahbarlarining 2025 yilda va 2026 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026 yilda bajarilishi belgilangan ustuvor vazifalar bo‘yicha hisobotlarini ko‘rib chiqdilar.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlarida, shuningdek, Prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilangan kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga doir ustuvor vazifalar hamda hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlarning 2026 yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha ijrosi tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha komissiya tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni yanada qisqartirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilanib, mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 9