🔎 Xususan, Murabbiylar ko‘chasi 14-uy oldida joylashgan “Medikal Sentr” avtobus bekati hududida piyodalar harakati uchun xavfsiz sharoit yaratish, piyodalar o‘tish joyini tashkil etish hamda yo‘lovchilar uchun qulayliklarni yaxshilash zarurligi bildirilgan.
🚸 Mazkur murojaatlar yuzasidan Toshkent shahar hokimligi, “Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi” MCHJ hamda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
📝 O‘rganish natijasida “Medikal Sentr” avtobus bekati oldida piyodalar uchun yo‘l yotiq chiziqlari (zebra) chizildi hamda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi tashkil etildi.
🚏 Shuningdek, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida mazkur hududga yangi jamoat transporti bekati o‘rnatildi.
📂 Hududda piyodalar xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan mazkur ishlar deputatlik so‘rovi asosida amalga oshirildi.
🗣 Mazkur masala deputat tomonidan nazorat tartibida kuzatib borilmoqda.