Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń kishi májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesinde máhálle jetiligi menen ushıralar ótkerildi.
янв.21
“Aqeden” máhállesindegi, awıllıq shıpakerlik punktinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Siyasıy partiyalar menen ashıq sáwbet ótkerildi.
янв.21
Sessiya juwmaǵı
янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń gezektegi 22-sanlı sessiyası ótkerildi
янв.21
Deputat kámbaǵal shańaraqtıń hal jaǵdayınan xabar aldı.
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
Hápte dawamında áhmiyetli wazıypalar belgilenip alındı.
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
DUPUTAT ÚYRENIWI
Qonun targ‘iboti

🇺🇿Deputatlik faoliyati samaradorligi — davr talabi

✅ Bugun xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyatining kichik majlislar zalida doimiy komissiya raislari va a’zolari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

✅ Yig‘ilishning kun tartibidan deputatlik faoliyatini tizimli va samarali tashkil etish, sohaga oid yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, Prezident farmon va qarorlarining mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda ularning ijrosini ta’minlash masalalari o‘rin oldi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga quyidagi muhim hujjatlar bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi:

PF-209-son Farmon (21.12.2023-yil): “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  hujjat.

PQ-402-son qaror (21.12.2023-yil): “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror.

✅ Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mazkur hujjatlar “mahalla yettiligi” tizimining samarali ishlashi, mahalla raisi va deputatlar o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni kuchaytirish hamda aholi muammolarini joyida hal etish uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

✅ “Deputat mahallabay ishlash tizimida asosiy bo‘g‘in bo‘lishi lozim. Yangi qarorlar bilan berilgan vakolatlardan unumli foydalangan holda, hududlarni rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish asosiy vazifamizdir”, — deya qayd etildi muloqot davomida.

✅ Tadbir yakunida doimiy komissiyalar oldida turgan galdagi vazifalar belgilab olindi va xalq vakillarining mahallalar bilan ishlash jarayonini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🇺🇿  Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

Telegram |✅ Facebook

Slide 1 of 7