Giyohvandlik inson salomatligiga, oila tinchligiga va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va kasb-hunarga keng jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi.Ayniqsa, ota-ona, mahalla, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilikning hamjihatlikdagi harakati orqali yoshlarni turli zararli ta’sirlardan himoya qilish mumkin.
Har birimiz yoshlar tarbiyasi va ularning sog‘lom kelajagi uchun mas’ul ekanimizni unutmasligimiz lozim.