Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLADA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI

O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, kredit mablag‘laridan samarali foydalanish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan “mahallabay” ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, daromad manbaini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, kelgusida bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1