Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat úyrenıwı.
янв.21
Deputatlar úyrenıwı.
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti.
янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń kishi májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesinde máhálle jetiligi menen ushıralar ótkerildi.
янв.21
“Aqeden” máhállesindegi, awıllıq shıpakerlik punktinde úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Siyasıy partiyalar menen ashıq sáwbet ótkerildi.
янв.21
Sessiya juwmaǵı
янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń gezektegi 22-sanlı sessiyası ótkerildi
янв.21
Deputat kámbaǵal shańaraqtıń hal jaǵdayınan xabar aldı.
Yoshlar bilan muloqot — kelajak sari muhim qadam

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🎓 Yoshlar bilan muloqot — kelajak sari muhim qadam

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan o‘zining saylangan 39-Minor saylov okrugi hududida joylashgan Axborot texnologiyalari akademik litseyida yoshlar bilan ochiq muloqot va davra suhbati tashkil etildi.

💬 Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb-hunar va axborot texnologiyalarini puxta egallashi, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📌 Davra suhbatida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida, ayniqsa yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi, yoshlar bandligi, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, sport inshootlari holati, hududdagi madaniy-ma’rifiy maskanlar faoliyati hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda litsey o‘quvchilari tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

🔎 Mazkur uchrashuv deputat va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, yosh avlodning fikr va tashabbuslariga quloq tutish hamda ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan muhim platformaga aylandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7