NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
🏛 Namangan shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📊 Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
✔️ 2026-yilda Namangan shahri hududida alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun belgilangan yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish;
✔️ Tashabbusli budjet jarayonlari yakuniga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish masalasi.
👤 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Namangan shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Axmadxodjayev Umidjon Xamitovich asosiy ma’ruza bilan chiqish qildi.
📝 Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.