Yangiliklar

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati F.Xamidov tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati F.Xamidov tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlar
yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yo‘l-transport infratuzilmasi, ichimlik suvi va elektr ta’minoti sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
 

Shuningdek, saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolar va takliflar atroflicha tinglandi. Fuqarolar asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy yordam olish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish kabi dolzarb masalalar
yuzasidan murojaatlar bildirdilar.
Bildirilgan har bir murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni
hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 4