Yangiliklar

KITOB — BILIM MANBAI, MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI! – PREZIDENT QARORI AMALDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev tashabbusi bilan shahardagi 4-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Kitob o‘qishni targ‘ib qilish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3271-son “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarori bilan tasdiqlangan “2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi”da belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad: 

- yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish;  

- o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish;  

- yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga bo‘lgan qiziqishini
kuchaytirish;
 

- Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchi yo‘nalishi — yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish g‘oyasini hayotga tatbiq etish. 

Shu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ularni bilimli, faol va vatanparvar qilib voyaga yetkazishga xizmat qiladi. Zero, kitobxon millat — yengilmas millatdir.