Deputat nazoratida: Yoshlar bandligi va uzumchilik istiqbollari
✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nodira Allamuratova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov ishtirokida navbatdagi o'rganish ishlari tashkil etildi.
✅Uchrashuvning asosiy diqqat markazida deputatlar faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosi hamda mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bo‘ldi.
✅ "Obod yurt"da yangi imkoniyatlar
✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-153-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Obod yurt" MFYda istiqomat qiluvchi yoshlarning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
✅O'rganishlar davomida aniqlanishicha, mahalla hududida 5 nafar yoshga:
✅Soibnazarova Muqaddas Fayzullo qizi
✅Maxmudova Muxlisa O'ktam qizi
✅To'yliyev Jahongir Mamatqobil o'g'li
✅Boynazarova Aziza Alisher qizi
✅Choriyeva Adolat Abdiraim qizi
✅Ularning har biriga 90 sotixdan, jami 4.5 gektar yer maydoni ajratib berilgan. Hozirda ushbu yosh tadbirkorlar o'zlariga ajratilgan maydonlarda uzumchilik faoliyatini yo'lga qo'yib, yurt obodligi va oila budjetiga hissa qo'shishmoqda.
✅"Yoshlarga yer berish — bu nafaqat bandlik, balki kelajakka ishonch demakdir. Bugun uzum ekkan yosh ertaga nafaqat o'zini, balki bozorlarimizni ham to'kin qiladi," — deydi deputat N.Allamuratova.