Tashabbus va hamjihatlik samarasi: Uzunqishloqda yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi
🔖 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Odiljon Omonov tashabbusi bilan Uzunqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini O‘nbuloq ko‘chasida muhim infratuzilma loyihasi amalga oshirildi.
📥Mazkur hudud aholi zich yashaydigan hamda serqatnov nuqtalardan biri hisoblanib, bu yerda joylashgan katta zovur ariq aholi uchun muayyan qiyinchiliklar tug‘dirib kelayotgan edi.
🔺 Muammoni bartaraf etish maqsadida mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar hamda saxovatpesha insonlar hamjihatlikda ishtirok etib, avtomashinalar va piyodalar harakati uchun mo‘ljallangan 8 metrlik zamonaviy ko‘prikni qurib, foydalanishga topshirdilar.
✔️Yangi ko‘prik nafaqat aholining kundalik harakatini yengillashtirdi, balki hududda xavfsizlikni ta’minlash va transport qatnovini yaxshilashga ham xizmat qilmoqda.
📌 Ushbu xayrli ish mahalladagi hamjihatlik, o‘zaro yordam va tashabbuskorlikning yorqin namunasi bo‘lib, kelgusida ham shunday ezgu ishlar davom etishiga zamin yaratmoqda.