Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari — e’tibor markazida
📥 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tadbir tashkil etildi.
⌛Mazkur tadbirda xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Javlonbek Abdullaev ishtirok etib, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
⌛Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
⌛ Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bugungi kunda ushbu toifadagi fuqarolar duch kelayotgan muammolar, ularni hal etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul idoralarga tegishli vazifalar belgilandi.
🌐 Tadbir doirasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.