Yangiliklar

Aholiga bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi

Aholiga bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashining 20-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat F. Temirov tomonidan 38-son Oilaviy poliklinikada aholiga bepul berilayotgan dori-darmonlar ta’minoti holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida dori vositalarining mavjudligi, ularning aholiga yetkazilish tartibi hamda belgilangan me’yorlarga amal qilinishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini ta’minlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3