🏛 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA HAMKORLIK MASALALARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Butayev tumandagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
🔹 Aholi muammolarini aniqlash va ularni joyida hal etish bo‘yicha yettilik a’zolarining o‘zaro hamkorligi;
🔹 Ehtiyojmand oilalar va yoshlar bilan ishlash samaradorligi;
🔹 Kengash qarorlari va topshiriqlari ijrosining ta’minlanishi.
Uchrashuv davomida J.Butayev tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq bilan muloqotni tizimli tashkil etish va mahalla drayverlarini ishga solish — bugungi islohotlarning bosh maqsadi hisoblanadi.