Yangiliklar

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Deputatlik so‘rovi yuborildi

“Gulbahor” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuvda Shodiyona ko‘chasi aholisidan ichimlik suvi bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

O‘rganish natijasi: Quvurlar uzoq yillar foydalanilgani sababli cho‘kindi va qum bilan to‘lib qolgan, natijada suv bosimi pasaygan.

Mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi. So‘rovda:

Quvurlarni maxsus texnika bilan tozalash;

Nosozliklarni bartaraf etib, suv ta’minotini tiklash talab etildi.

Aholini qiynayotgan ushbu muammo ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Slide 1 of 1