Yangiliklar

Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida

📌 Mahalliy muammolar va ijro intizomi – diqqat markazida

🗓 Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🔍 Kun tartibida:

Mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralari

Aholi murojaatlari bilan ishlash holati

Ijro intizomini mustahkamlash va mas’ullar javobgarligini oshirish

💬 Yig‘ilish davomida ta’kidlanganidek, har bir murojaat ortida inson taqdiri turadi va uni o‘z vaqtida hal etish davlat organlarining ustuvor vazifasidir.

⚠️ Shuningdek, topshiriqlar ijrosini kechiktirish, sustkashlik va mas’uliyatsizlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi alohida qayd etildi.

📊 Mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglanib, mavjud kamchiliklar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

✅ Yakunda:

Ijro intizomini kuchaytirish

Muammolarni joyida hal etish

Aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi

🤝 Asosiy maqsad — aholining roziligi va hududlar rivoji!