Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📄 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoyillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida muhim qaror qabul qilindi.

Xususan, Sherobod tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘larini samarali yo‘naltirish yuzasidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining VII-21-40-8-119-K/26-sonli qarori tasdiqlandi.

Mazkur qaror orqali jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilib, hududda infratuzilmani rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlashga hizmat qiladi.

Slide 1 of 3