Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 📌 Ichimlik suvi masalasi nazoratga olindi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda tuman Kengashining 5-Guliston–Galaguzar saylov okrugidan saylangan deputat O. Umarov tomonidan “Galaguzar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va “Surxondaryosuvta’minoti” MChJ tuman bo‘limi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahallada ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

🤝 Muloqot yakunida ushbu masala doimiy nazoratga olinishi va bosqichma-bosqich ijobiy hal etilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4