Maktabga tayyorgarlik — kelajak poydevori
✅ Maktab yoshidagi bolalarni majburiy ta’limga to‘liq jalb etish, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini erta shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Aynan maktabga tayyorlov guruhlari bu borada muhim o‘rin tutadi.
✅ Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Muxsiddin Nizomiddinov Parkent tumani 57-maktabda faoliyat yuritayotgan maktabga tayyorlov guruhi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jarayonda bolalar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlar, ta’lim sifati va pedagogik yondashuvlar bevosita kuzatildi.
✅ Maktabga tayyorgarlik guruhlari orqali bolalarni maktab muhitiga moslashtirish, ularda mustaqil fikrlash va dastlabki bilim ko‘nikmalarini shakllantirish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
https://t.me/TV_Kengash (https://www.facebook.com/mmnizomiddinov07)