Yangiliklar

“Malandiyon” mahallasida imtiyozli kreditlar samarasi deputat nigohida

“Malandiyon” mahallasida imtiyozli kreditlar samarasi deputat nigohida

✅Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati S.Toxirov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergashevalar tumandagi “Malandiyon” mahallasiga tashrif buyurdi.

 ✅Tashrif davomida deputat mahallada hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔘Xususan, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Shu bilan birga, aholining tomorqalardan samarali foydalanish holati hamda imtiyozli kreditlar asosida chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔘Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining daromad manbalarini oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.