Yangiliklar

Deputat nazorati: Saxovat mahallasida kreditlarning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi

Deputat nazorati: Saxovat mahallasida kreditlarning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi

🔘​Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati tomonidan hududlarda aholi turmush darajasini oshirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar doimiy nazoratga olingan.

🔘​Xususan, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24-tavsiyalarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari “Saxovat” mahallasida o‘tkazildi.

🔘​Mazkur jarayonda mahalla hokim yordamchisi tomonidan aholiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi tahlil qilindi.