Yangiliklar

“Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi o‘rganishlari: Maqsad — sifat va shaffoflik

“Xalqparvar” komissiyasining navbatdagi o‘rganishlari: Maqsad — sifat va shaffoflik

📈Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi S.Rajabova tumandagi 15-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🔎O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

Qurilish ishlarining sifat darajasi va loyiha talablariga mosligi;

Belgilangan muddatlarga amal qilinishi;

Yangi o‘quv binosida o‘quvchilar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar.

📈Komissiya a’zolari quruvchilar bilan suhbatlashib, ish sur’atini pasaytirmaslik va har bir g‘ishtning sifatli qo‘yilishi kelajak avlod uchun muhim ekanligini ta’kidladilar. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.